Transport vazirligida Tojikiston Respublikasi transport vazirligi delegatsiyasi hamda Qirg‘iz Respublikasi transport va yo‘l vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mamlkatimiz transport sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshrilayotgan loyihalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Jumladan, Yo‘lovchi va yuk avto tashuvlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Isaev yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha ishlab chiqilgan elektron axborot tizimi, shuningdek, Toshkent shahri jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimining joriy etilgani yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Avtomobil transporti bo‘yicha litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar boshqarmasi boshlig‘i A.Tursunov esa avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya berish jarayonining to‘liq elektron shaklga o‘tkazilgani, avtotransportda xalqaro yuk tashuvlari bilan shug‘ullanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga milliy tashuvchilardan buyurtmalarni onlayn tarzda qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgani yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
Uchrashuvda raqamli texnologiyalarning transport sohasi rivojidagi ahamiyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda innovatsion yechimlardan samarali foydalanish, bu borada o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollari muhokama etilidi.