Korxona haqida

«O’zavtotranstexnika» Ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi PP-3589-sonli qarori va shu munosabat bilan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2018 yil 7 martda chiqarilgan 95-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi PQ-3589-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i asosida tashkil etildi.
IIM “Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni normativ-texnik ta’minlash Respublika markazi” davlat unitar korxonasining barcha majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2019 yil 15 martdagi 19  sonli, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 apreldagi 336- son qaroriga binoan «O’zavtotranstexnika» Ilmiy-ishlab chiqarish markazi” davlat korxonasi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining ixtiyoriga o‘tgan, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradi va o‘z 
faoliyatida unga hisobdor bo‘ladi.