Avtotransport korxonalariga o‘lchashlarning birligi va talab qilinadigan aniqligini ta’minlash, uslubiy rahbarlikni amalga oshirishda o‘lchash texnologiyasi darajasini yaxshilashga amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Yevropa bitimi talablariga muvofiq transport vositalarini nazorat qilish qurilmasi (taxograf) ni o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsatish va tekshirish asosida “Texnik tekshiruv guvohnomalari” beriladi. “O‘zstandart” agentligiga ishlab chiqarishni metrologik qo‘llab-quvvatlash, o‘lchash vositalarini holati, ulardan foydalanish va ta’mirlash hamda korxonalarning metrologik xizmatlari faoliyati davlat nazoratini amalga oshirishda ko‘maklashadi.