Markaz qoshida transport vositalarining bosib o‘tgan masofalarini o‘lchashga ixtisoslashgan sinov laboratoriyasi tashkil qilingan.

Sinov laboratoriyasi avtobus yo‘nalishlari uzunligi, shahar yo‘lovchi tashish transporti nollik masofalari va yuk tashish masofalarini o‘lchash ishlari bilan shug‘ullanadi.

Sinov laboratoriyasiga “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda akkreditasiyadan o‘tkazilib, 2017-yilning 5-oktyabrida UZ.AMT.07.MAI.1089 – sonli akkreditasiya guvohnomasi berilgan.

Akkreditasiya to‘g‘risidagi guvohnoma “O‘zstandart” agentligining “Akkreditasiya markazi” DUK tomonidan 2020-yil 2-noyabrda berilgan  ML 0113-sonli ma’qullash to‘g‘risidagi guvoxnomaga qayta rasmiylashtirilgan.